prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

«Chumoli uyasi» torti

Joylandi: 10.12.2019, 11:37
Pishirishni talab qilmaydigan shirinliklar kimga ham yoqmaydi deysiz. Bugun ana shunday ajoyib pishiriq tayyorlaymiz. Hatto bolalar ham rasmlarga qarab tayyorlay oladigan oson shirinlik.«Chumoli uyasi» yoki «Muraveynik» deb ataluvchi shirinlik ko’pchilikka yoqishi aniq, lekin uning tortini siz hali tayyorlab ko’rmaganingiz aniq.

Bu shirinlik tayyorlaganimizdan so’ng 15 daqiqada tugab qoldi. Noodatiy mayin ta’mi bilan esa hammaning qalbidan joy egalladi.

Masalliqlar:

500 gramm pechenye

150 gramm sariyog'

200 gramm qaymoq

150 gramm quyultirilgan qaynatilgan sut

ta'bga qarab vanil shakari

50 gramm qora shokolad

ta'bga qarab yong'oq

Qadam 1

Kremni tayyorlab olamiz:

Sariyog'ni mikserda ko'pirtiramiz va oz-ozdan quyultirilgan sut solib, ko'pirtirishda davom etamiz.

Qadam 2

Qaymoqni o'zini alohida oppoq massaga kirgunicha ko'pirtiramiz.

Qadam 3

Ko'pirtirilgan qaymoq va sariyog'ni aralashtiramiz. Vanil shakari solib aralashtiramiz, qarabsizki kremimiz tayyor.

Qadam 4

Pechenyeni o'qlovda yoki blenderda o'rtacha kattalikda maydalaymiz. Kukunsimon bo'lib ketmasin.

Qadam 5

Maydalangan pechenyeni idishga solamiz va ustidan kremni solib yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 6

Kichikroq qolip yoki tog'oracha olib ostidan kattaroq yelim qog'oz to'shaymiz va ustidan pechenyeli aralashmani solamiz.

Qoshiq yordamida ustini tekislaymiz va ustini ham yelim qog'ozda yopib, ikki soatga sovutgichga qo'yamiz.

Qadam 7

Shokoladni suv bug'ida yoki mikroto'lqinli pechda eritib olamiz.

Qadam 8

Tortimizni sovutgichdan olamiz va ehtiyotkorlik bilan ag'daramiz.

Ustini eritilgan shokolad va yong'oq bilan bezatamiz. Yoqimli ishtaha!
Ushbu "«Chumoli uyasi» torti" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 19 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar