prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Jem surtilgan biskvitli tort

Joylandi: 10.12.2019, 11:37
Bugungi biskvitimiz tayyorlanilishi oddiy bo’lib, ko’p masalliqlarni talab qilmasada, ammo juda mazali chiqadi.

Bu pishiriq uchun kerak bo’ladigan jemni esa ta’bingizga qarab tanlashingiz mumkin.

Masalliqlar:
145 gramm un
25 gramm kraxmal
150 gramm shakar
70 gramm sariyog'
3 ta tuxum
1 choy qoshiq vanil shakari
bir chimdim tuz
Asosiga:
murabbo yoki jem
Bezatish uchun:
ta'bga qarab shakar upasi
Qadam 1

Kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.
Qadam 2

Gaz pechini yoqib, qolipni yog'lab olamiz va un sepamiz.
Qadam 3

Idishga tuxum, shakar, tuz va vanil shakarini solib, yaxshilab ko'pirtiramiz. Massa oppoq holatga kirishi kerak.
Qadam 4

So'ng un va kraxmalni elab solamiz. Qoshiq yordamida aralashtirib olamiz.
Qadam 5

So'ng eritilgan iliq sariyog'ni solib, aralashtiramiz. Darrov aralashtirib, qolipga solamiz.
Qadam 6

Gaz pechiga qo'yib, 30-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Qadam 7

Biskvitni sovutib olamiz va teng 3 qismga bo'lamiz. Ikkita qavatiga esa murabbo yoki jemdan surtamiz.
Qadam 8

Ustiga esa shakar upasi sepib bezatamiz. Yoqimli ishtaha!
Ushbu "Jem surtilgan biskvitli tort" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 18 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 5
Mehmonlar: 5
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar