prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

«Napoleon» torti

Joylandi: 10.12.2019, 11:37
Ko’pchiligimizning eng sevimli tortlarimizdan biri bu – napoleon tortidir. Mazali va mayin ta’mli bu shirinlikimiz har qaysi dasturxonni bezashiga ishonchimiz komildir.

Bugungi masalliqlarimizdan aylanasi 18 sm li tort hosil bo’ladi. Sizga mayinroq, og’izda erib ketuvchi xamirli napoleon yoqsa, unda xamirni 14 bo’laklarga bo’lib yoying. Agarda sizga ko’proq qarsildoq napoleon yoqsa, unda xamirlarni 10 ta bo’laklarda kesib chiqing va pishiring. Xullas, ta’bingizdan kelib chiqib ish tuting.

Masalliqlar:
Xamiriga:
400 gramm un
200 gramm sariyog'
1 ta tuxum
120 millilitr muzdek suv
1 osh qoshiq 9% li sirka
0.5 choy qoshiq tuz
Plombir kremiga:
600 millilitr sut
2 ta tuxum
50 gramm makkajo'xori kraxmali
250 gramm shakar
150 gramm sariyog'
300 millilitr yog'li qaymoq
Qadam 1

Unni elab olamiz.

Muzdek sariyog'ni bo'laklarga bo'lamiz va unni ustidan solamiz.

Qo'l yoki pichoq yordamida sariyog'ni maydalab un bilan qoramiz.
Qadam 2

Suvga tuz, tuxum, sirkani solib aralashtiramiz.

Unli massa ustidan suvli aralashmamizni quyib chiqamiz.
Qadam 3

Tezda xamirni qorib olamiz va uni 14 ta bo'laklarga bo'lamiz.
Qadam 4

Har bir xamirchalarni koptokcha shaklga keltiramiz va kattaroq likopga un sepib, xamirlarni terib chiiqamiz.

Ustini yelim qog'ozda yopamiz va 1-2 soatga sovutgichga qo'yamiz.
Qadam 5

So'ng xamirlarni olib, bitta-bitta pergament qog'oz ustiga 1.5-2 mm qalinlikda yoyib chiqamiz.

Aylanasi 20 sm li qolip yoki likopcha yordamida bir xil shaklda xamirimizni kesamiz, pishjgandan so'ng esa xamir 18 sm ga kirib qoladi.
Qadam 6

Xamirni ustiga bir necha marta sanchqi bilan teshib chiqasiz va 200 C da qizdirilgan gaz pechida qizargunicha pishirib olasiz. Chetidan chiqqanlarini ham birga qo'yib pishiring.

Pishgan xamirlarni dasturxon ustiga qo'yib sovuting.
Qadam 7

Xamirlarni hammasini xuddi shunday usulda pishirib olasiz.

Xamirlar sovigunicha kremni tayyorlasak ham bo'ladi.
Qadam 8

Tuxumni shakar va kraxmal bilan aralashtiring.

Bir vaqtning o'zida sutni gazga qo'yib qizdiring.
Qadam 9

Issiq sutni tuxumli aralashma ustidan oz-ozdan quying va yaxshilab aralashtiring.
Qadam 10

Aralashmani tovaga solasiz, gazga qo'yasiz va quyulgunicha kovlab turasiz.

Biroz soviganidan so'ng sariyog'ni ham solib aralashtiring.
Qadam 11

Kremni idishga solamiz va ustini yelim qog'oz bilan yopamiz. Eslatma: yelim qog'ozingiz krem ustiga tegib turishi kerak.

Soviganidan so'ng, 1-2 soatga sovutgichga qo'yamiz.
Qadam 12

Muzdek qaymoqni yaxshilab ko'pirtiramiz.

Tortga krem surtishdan oldin, ko'pirtirilgan qaymoqni kremga solamiz va aralashtiramiz.
Qadam 13

Usti va yonlariga surtish uchun krem olib qo'yamiz va qolganini har bir qavatiga surtib chiqamiz.

Tortni ustiga biron og'irroq narsa qo'yamiz, masalan taxtakach, so'ng biroz muddatga sovutgichga qo'yamiz.
Qadam 14

So'ng tortni olib usti va yonlariga krem surtamiz.

Krem chetlaridan chiqqan xamir bo'lakchalarini maydalab, tortni ustiga sepamiz.
Qadam 15

Ustini xohishga qarab bezatishingiz mumkin. Biz qulupnay va gullar bilan bezatdik. Yoqimli ishtaha!
Ushbu "«Napoleon» torti" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 21 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 14
Mehmonlar: 12
Foydalanuvchilar: 2
brandizc16, marionjm16
Umumiy ma'lumotlar