prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

«Qizil baxmal» torti

Joylandi: 10.12.2019, 11:37
«Qizil baxmal» torti bu shokoladli ta’mga ega, yumshoqqina biskvitning qip-qizil rangi baxmalni eslatadi.$cut$ Endilikda bizning retsept asosida bu tortni siz ham pishira olasiz!

Tortning biskvitini xohishga qarab och qizil yoki to’q qizil rangga bo’yshingiz uchun esa oziq-ovqat bo’yog’idan foydalanish kerak bo’ladi.

Bu tort uchun biz aylanasi 24 sm li qolipdan foydalandik, siz 20 sm lidan foydalaishingiz ham mumkin, unda biskvitni 3 marotaba pishirib olasiz.

Pishiriladigan tortga hammasi bo’lib, 60 000 so’m pul sarflaysiz.*

*narxi manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.

Masalliqlar:
Biskvitiga:
340 gramm un
300 gramm shakar
1 osh qoshiq kakao kukuni
bir chimdim tuz
2 choy qoshiq qabartma
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
3 ta tuxum
250 millilitr o'simlik yog'i
200 millilitr kefir
80 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
1,5 choy qoshiq oziq-ovqat bo'yog'i
Kremiga:
100 gramm sariyog'
100 gramm shakar upasi
350 gramm tvorogli pishloq
Qadam 1

Katta tog'orachaga quyidagilarni elab olamiz: un, kakao, tuz, qabartma va iste'mol sodasi. Yaxshilab aralashtirib olamiz.
Qadam 2

Quruq aralashma ustidan shakar, qaymoq, kefir, tuxum, o'simlik yog'i va ozuqaviy bo'yoqni solamiz.

Mikser yordamida 4-5 daqiqa ko'pirtirib olamiz.
Qadam 3

Ko'pirtirib bo'lganimizdan so'ng, xamirni 5 daqiqa tindirib qo'yamiz. Qolipni tayyorlab olamiz.

Tagiga pergament qog'oz to'shab, chetlariga sariyog' surtamiz.
Qadam 4

Xamirli aralashmani yarmini qolipga solib, 170 С darajada qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Pishganligiga gugurtcho'p tiqib ishonch hosil qiling.

Agar sizda ikkita bir xil qolip mavjud bo'lsa, unda ularni bir vaqtda pishirishingiz ham mumkin.
Qadam 5

Pishgan xamirlarni sovutib olamiz, agarda usti notekis bo'lib pishsa, unda pichoq bilan ustini tekislab kesing.

Kesib olgan bo'lakchalar ustiga sepish uchun kerak bo'ladi.
Qadam 6

Xona haroratida yumshagan sariyog'ni mikser yordamida yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Shakar upasini solib, oqarguniga qadar, taxminan yana 2 daqiqa ko'pirtirib olamiz.
Qadam 7

Oz-ozdan tvorogli pishloqni solib, yana 2-3 daqiqa ko'pirtiramiz.
Qadam 8

Biskvitning birinchi qavatini patnisga qo'yamiz va ustidan krem suramiz. Biskvit shu darajada yumshoq va mayin chiqadiki, uning ustidan qiyom quyish shart emas.
Qadam 9

Yana biskvitni ustidan qo'yib, usti va chetlariga krem surtib chiqamiz. Ustidan qolgan biskvit bo'lakchalarini maydalab sepib chiqamiz. Ta'bga qarab qulupnay yoki xohlagan mevalaringiz bilan bezatishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!
Ushbu "«Qizil baxmal» torti" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 18 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 2
Mehmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar