prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Quymoqli tort

Joylandi: 10.12.2019, 11:37
Siz biror marta quymoqlardan shirin tort tayyorlab ko’rganmisiz? Bizlar anchadan beri shu niyatda yurgandik va mana yaqindagina uni amalga oshirdik.

Quymoqli tort ta’m jihatidan hatto biskvitli tortlardan ham o’zar ekan.

Faqat tayyor bo’lganidan so’ng, uni bir necha soat sovutgichda saqlasangiz, yanada mazali ta’mga kiradi.

Masalliqlar:

Quymoqlariga:

4 dona tuxum

1,5 stakankefir sut

1 stakan kefir

1 stakan suv

2,5 stakan un

0,5 stakan kakao kukuni

6 osh qoshiq eritilgan sariyog'

2 osh qoshiq shakar

2 choy qoshiq vanilin

bir chimdim tuz

Kremiga:

400 gramm 35 %li yog'li qaymoq

125 gramm tvorogli pishloq

70 gramm shakar upasi

Qadam 1

Quymoqqa kerakli barcha masalliqlarni tog'orachaga solamiz va venchikda yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 2

Tovaga ozroq o'simlik yog'i quyib, quymoqlarni birma-bir qovurib olamiz.

Bunda quuymoqlarning chetlari biroz qizarsa, so'ng kapkir bilan ularni ag'daramiz.

Qadam 3

Shu usulda hamma quymoqlarni pishirib olamiz.

Qadam 4

Muzdek qaymoq va shakar upasini mikserda yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

E'tibor bering qaymoq ko'pirib, bir necha hissaga ko'payishi kerak. Ustida chiziqli naqshlar hosil bo'lganida esa ko'pirtirishni to'xtatamiz.

Qadam 5

UStidan tvorogli pishloqni solib, aralashtrib olamiz.

Qadam 6

Quymoqlarni bitta-bitta likopchaga qo'yib, ustidan krem surtamiz.

Shu usulda quymoqli tortni yig'amiz.

Qadam 7

Ustini ta'bga qarab shokolad yoki rezavor mevalar bilan bezatamiz. Iste'mol qilishdan avval 2 soat yoki bir kechaga sovutgichga olib qo'ying. Yoqimli ishtaha!
Ushbu "Quymoqli tort" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 19 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 9
Mehmonlar: 8
Foydalanuvchilar: 1
willardlo11
Umumiy ma'lumotlar