prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Sabzili tort

Joylandi: 10.12.2019, 11:37
Agarda siz o’z vazningizga o’ta e’tiborli bo’lib, kaloriyalarni hisoblab yursangiz, unda mazali tort retsepti aynan siz uchun. Ha-ha, barcha ozayotgan yoki to’g’ri ovqatlanishga rioya qiladiganlar uchun tashvish chekmasdan tanavvul qilinadigan tort retsepti.

Mayin kremli xushta’m lsabzili tort sizning qomatingizga hech bir santimetr qo’shmaydi, negaki u kam kaloriyali va glyutendan holi.

100 gramm mahsulotning ozuqaviy qiymati: oqsillar-9.53 gr., yog’lar-7.28 gr., uglevodlar-23.88 gr.

100 gramm mahsulotning energetik quvvati-194.83 kkal.

Masalliqlar:
2 ta o'rtacha kattalikdagi sabzi
2 ta tuxum
4 osh qoshiq suli yormasi uni
2 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
10 gramm qabartma
7 osh qoshiq sut
1 choy qoshiq maydalangan dolchin
0.5 choy qoshiq maydalangan zanjabil
0.5 choy qoshiq vanil ekstrakti
0.5 stakan maydalangan yong'oq
2-3 osh qoshiq asal
Krem
300 gramm 5-9 % li tvorog
6 osh qoshiq qatiq
3 osh qoshiq asal
0.5 choy qoshiq vanil ekstrakti
1 osh qoshiq jelatin
Qadam 1
Korjni tayyorlaymiz

Sabzilar qirg'ichdan chiqariladi yoki blender yordamida maydalanadi
Qadam 2

Alohida idishda quruq masalliqlar: suli yormasi uni, kraxmal, qabartma, dolchin, maydalangan zanjabil aralashtiriladi. Tayyor suli yormasi unini sotib olsa ham, uy sharoitida suli yormasidan tayyorlab olsa ham bo'ladi. Uning uchun suli yormasi blender yoki kofe maydalagichda iloji boricha mayda holga keltirilib, mayda elakdan chiqariladi. Tayyor un suli yormasining uchdan bir qismiga teng boladi.
Qadam 3

Alohida idishda suyuq masalliqlar: tuxum, sut, vanil ekstrakti va asal aralashtiriladi.
Qadam 4

Quruq masalliqlar suyuq masalliqlar bilan aralashtirilib, qirg'ichdan chiqarilgan sabzi va maydalangan yong'oq qo'shiladi. Yaxshilab aralashtiriladi.
Qadam 5

Gaz pechi 170 darajagacha qizdiriladi. To'rtburchak qolipga pergament qog'ozi yoziladi.
Qadam 6

Korj qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa davomida pishiriladi. Tayyor korj sovitib olinadi.
Qadam 7

Jelatin ustiga sovuq suv quyib, ishigunicha kutib turiladi. Ishgan jelatin past olovda qizdiriladi. Muhimi kristallar erishi lozim, qaynash darajasigacha yetkazilmasligi kerak.
Qadam 8

Tvorog, asal va qatiq mikser yordamida aralashtiriladi. Asta-asta jelatin quyilib bir massaga keltiriladi. Krememiz tayyor.
Qadam 9

Sovigan korj teng ikkiga bo'linib, ikki tortburchak hosil qilinadi. Birinchi to'rtburchak ustiga krem suriladi va ustidan ikkinchi korjimiz qo'yiladi. tortning usti va yonlari krem bilan to'yintirilgach, maydalangan yong'oqlar yordamida bezatiladi.
Qadam 10

Tortni dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Ushbu "Sabzili tort" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 17 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 9
Mehmonlar: 8
Foydalanuvchilar: 1
krivomlindy
Umumiy ma'lumotlar