prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Sariyog’ – shokoladli krem bilan tayyorlangan shokoladli tort

Joylandi: 10.12.2019, 11:37
Shokoladli biskvit va unga surtilgan sariyog’-shokoladli krem ajoyib uyg’unlik bo’lib, ta’m jihatidan ham, ko’rinishi ham barchaga birdek manzur bo’lishi aniq.

Bir finjon qahva bilan iste’mol qilinadigan tort bo’lagi esa ertalabdan kayfiyatingizni ko’tarib yuborishi hech gap emas.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 35 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:
Biskvitiga:
4 ta tuxum
120 gramm shakar
100 gramm un
20 gramm kakao kukuni
Kremiga:
150 gramm yumshatilgan sariyog'
70 gramm shakar upasi
60 gramm quyultirilgan sut
1 ta o'ramcha vanil shakari
15 gramm kakao kukuni
1 choy qoshiq konyak
Qiyomiga:
75 gramm shakar
80 millilitr iliq suv
Qadam 1

Bizning retsept asosida biskvit tayyorlab olinadi va 8 soat xona haroratida qoldiriladi.
Qadam 2

Tortni yig'ishdan yarim soat oldin krem tayyorlab olinadi.
Qadam 3

Qiyom uchun biroz issiqroq suvga shakar solib aralashtirib eritamiz va sovitib olamiz. So'ng biskvitni o'rtasidan kesamiz.
Qadam 4

Pastki qavatiga qoshiq yordamida qiyomdan quyib chiqamiz va kremning teng yarmini surtamiz.
Qadam 5

Ikkinchi qavatini yopib, usti va chetlariga kremdan surtib chiqamiz. Xohishga qarab ustini bezatamiz. Yoqimli ishtaha!
Ushbu "Sariyog’ – shokoladli krem bilan tayyorlangan shokoladli tort" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 19 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 2
Mehmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar