prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Tort «Monomax qalpog’i»

Joylandi: 10.12.2019, 11:37
Antiqa «Monomax qalpog’i» torti sizga va yaqinlaringizga yoqishi tayin. Bunday tort bayramga o’zgacha kayfiyat baxsh etishi tayin.

Bu tort shunisi bilan yoqimliki, bu tortni bir necha kun oldin tayyorlab, bayram kuni esa faqat bezatish mumkin. Tortni yig’ishga esa yarim soatdan ham ko’p vaqt sarflamaysiz. Bezeni ikki kuncha oldin, biskvit va kremni bir kun oldin tayyorlab qo’ysangiz, bu sizning ancha ishingizni yengillashtiradi.

Masalliqlar:

Bezesiga

4 ta tuxum oqi

200 gramm shakar

Biskvitiga

2 ta tuxum

50 gramm shakar

60 gramm un

Kremiga

500 millilitr sut

6 ta tuxum sarig'i

125 gramm shakar

Glazuriga

3 osh qoshiq kakao kukuni

4 osh qoshiq shakar

2 osh qoshiq sut

60 gramm sariyog'

100 gramm yong'oq

ta'bga qarab vanil ekstrakti

Qadam 1

Birinchi bezeni tayyorlab olamiz. Eslatib o'tamiz, bizda yuqorida beze tayyorlashda olingan videotasvir mavjud.

Ehtiyotkorlik bilan tuxum oqi sarig'idan ajratiladi.

Qadam 2

Ko'pirtirilgan massa pishiriq qopchasiga solinadi va oldindan patnisga to'shalgan yog'langan qog'oz ustiga teriladi. Agarda qopcha bo'lmasa, unda choy qoshig'idan foydalansangiz ham bo'ladi. Buning uchun beze choy qoshiq bilan ikkitadan qo'yiladi.

So'ng ularni 100 C da gaz pechida 1-2 soat davomida pishirib olinadi.

Qadam 3

Biskvitli asos

Tuxum oqlari yaxshilab ko'pirtiriladi va shakar solib yana ko'pirtirishda davom etiladi.

Keyin esa tuxum sarig'i bittadan solinadi va mikserda yoki qo'lda ko'pirtiriladi.

Qadam 4

Oldindan tayyorlab qo'yilgan qolipga xamir solinadi.

180 C da 15-20 daqiqa davomida gaz pechida pishirib olinadi.

Qadam 5

Kremi

Sutga shakarning yarmi va vanil ekstrakti solinadi, yaxshilab aralashtiriladi va qaynash darajasiga yetkaziladi.

Qadam 6

Tuxum sarig'iga shakar solinadi va to oqarib, shakari eriguncha ko'pirtiriladi.

Ko'pirtirishni to'xtatmasdan ustidan issiq lekin qaynoq bo'lmagan sutli suyuqligimizni solamiz.

Qadam 7

So'ng uni suv bug'iga qo'yamiz.

Yaxshilab kovlab turamiz va quyuqlashgunicha kremni qaynatamiz.

Qadam 8

Tortni yig'ish

Tortni yig'ishni boshlasak ham bo'ladi.

Biskvitni ustiga krem surtiladi.

Qadam 9

Bezelarning har biri kremga botirib olinadi va yong'oq bilan galma-galdan tort ustiga terib chiqiladi.

Ularni rasmdagidek terib chiqing.

Qadam 10

Tovaga shakar va kakao solinadi.

Biroz qaynoq sut qo'shiladida, ustidan sariyog' ham solinadi.

Qadam 11

Tova gaz ustiga qo'yiladi va aralashtirishni to'xtatmay past olovda qaynatiladi.

Sariyog' oxirigacha erisa, ustidan yana qaynoq sut solinadi va aralashtirishda davom etiladi.

Qadam 12

Glazur sovutiladi va tort ustidan xohishga qarab quyiladi.

Tayyor tort kamida 3 soatga sovutgichga qo'yiladi.
Ushbu "Tort «Monomax qalpog’i»" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 18 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 5
Mehmonlar: 4
Foydalanuvchilar: 1
lynnettebo60
Umumiy ma'lumotlar