prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

«Yurakcha» torti

Joylandi: 10.12.2019, 11:37
Harflar yoki raqamlar ko’rinishadiga tortlar 2018-yilda ommaviy urfga aylangan tortlar hisoblanadi. Ular Isroillik pazanda-qiz Adi Klingxofer sharafi bilan shunday mashhur bo’lib ketdi.

Bugungi tayyorlaydigan tortimizni u yaqinda u o’z muxlislari bilan bo’lishdi. U tortni tabiiy gullar, rezavor mevalar, makaron pechenyelari bilan bezatgan.

Bugun sizlarga ana shunday ajoyib tort pishirishni taklif qilamiz. Tortdagi yurakcha shaklini avval A4 formatdagi qog’ozda chiqarib olamiz. Agarda siz ikkita sonli tort pishirmoqchi bo’lsangiz, unda masalliqlarni ikki hissaga ko’paytiring.

Masalliqlar:
Xamiriga:
300 gramm un
200 gramm muzdek sariyog'
50 gramm shakar upasi
25 gramm shakar
1 ta tuxum
1 choy qoshiq vanil ekstrakti
bir chimdim tuz
Kremiga:
350 gramm yog'li qaymoq
350 gramm qaymoqli pishloq
4 osh qoshiq shakar upasi
1 choy qoshiq vanil ekstrakti
Qadam 1

Xamiri

Idish olib, ichiga un, shakar, shakar upasi va tuzni solamiz.

Sariyog'ni to'rtburchak shakldagi bo'laklarga bo'lib, uni ham idishga solamiz.

Avval pichoqda maydalab, so'ng qo'lda kukunsimon bo'lgunicha yaxshilab ishqalaymiz.
Qadam 2

Tuxum va vanil ekstraktini solamiz.

Tezda xamir qoramiz, dumaloq shakl berib, yelim qog'ozga solamiz va 15 daqiqaga sovutgichga qo'yamiz.
Qadam 3

So'ng xamirni teng ikki qismga bo'lamiz.

Pergament qog'oz ustiga qo'yib, xamirni 5 mm qalinlikda yoyamiz.

Patnisga qo'yamiz va 30 daqiqaga sovutgichga qo'yamiz.
Qadam 4

Vaqt o'tgandan so'ng, ularni olamiz va har biridan yurakcha shaklini kesib olamiz. Bunda qog'ozdan foydalanamiz.
Qadam 5

Ularni 180 C darajada 20 daqiqa davomida, tillarangga kirgunicha pishirib olamiz.

Agarda siz ularni ikkovini navbati bilan pishirsangiz, unda birinchi xamir pishgunicha ikkinchisini sovutgichda ushlab turing.
Qadam 6

Muzdek qaymoqni shakar upasi bilan yaxshilab ko'pirtiring. Ustida naqshlar paydo bo'lsa, kremimiz tayyor bo'lgan hisoblanadi.
Qadam 7

So'ng pishloq va vanil ekstraktini solamiz.

Mikserning eng past quvvatida ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz.
Qadam 8

Kremni pishiriq qopchasiga solamiz.

Kremni avval birinchi qavatga qo'yib chiqamiz, xuddi rasmdagidek.

Tortni ustki qismini ham xuddi shunday bezatamiz.

Ularni gullar, rezavor mevalar va merengalar bilan bezatamiz. Yoqimli ishtaha!
Ushbu "«Yurakcha» torti" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 19 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 7
Mehmonlar: 4
Foydalanuvchilar: 3
herminiapc4, estelagx4, jillsq18
Umumiy ma'lumotlar