prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Zanjabilli tort

Joylandi: 10.12.2019, 11:37
Zanjabilli tort – nomlanishini o’ziyoq bizga bayramni eslatadi. Hech qaysi bayram, ayniqsa yangi yil bayram torti ishtirokisiz o’tmasligi aniq.

Bu tortni pishirish jarayonidagi dolchin va zanjabildan taraladigan iforlar esa bayram kayfiyatini ko’tarishi aniq. Pishirig’imiz ustini shokoladli archalar bilan bezatishimiz esa yaqinlaringiz, ayniqsa bolajonlarni hayratda qoldirishi aniq!

Masalliqlar:
Xamiriga
270 gramm un
1 choy qoshiq maydalangan zanjabil
1 choy qoshiq dolchin
1 choy qoshiq qabartma
2 ta tuxum
100 gramm shakar
125 gramm sariyog'
100 gramm qaymoq
150 gramm sut
100 gramm asal
Kremiga
100 gramm sariyog'
300 gramm tvorogli pishloq
70 gramm shakar upasi
1 choy qoshiq vanil ekstrakti
Shokoladli archalarga
90 gramm qora shokolad
6-8 dona nonli tayoqchalar
ta'bga qarab sepish uchun bezaklar
Qadam 1

Xamiriga

Un, zanjabil, dolchin va qabartma hammasi aralashtiriladi.
Qadam 2

Tovaga sariyog', qaymoq va sut solinadi.
Sariyog' eriguncha barchasi gaz plitasi ustida qizdiriladi.
Qadam 3

Tuxum va shakar alohida idishda yaxshilab ko'pirtiriladi.
Qadam 4

Ikkita suyuq aralashmalar unli massaga solinadi.
So'ng asal solinadi.
Silliq holatga kirguncha yaxshilab aralashtiriladi.
Qadam 5

Xamir ikkita teng qismga bo'linadi.
Ikkalasi ham oldindan tayyorlab qo'yilgan aylanasi 18 sm li qolipga solinadi.
Qoliplarga oldindan yog'langan qog'oz to'shaladi va chetlariga esa sariyog' surtiladi.
Qadam 6

170 C darajada qizdirilgan gaz pechida 25-30 daqiqa davomida pishiriladi. Pishganligi esa gugurt cho'pi yordamida tekshiriladi.
Pishgan korjlar sovutiladi, oziq-ovqat pelyonkasiga o'rab kamida bir soatga, iloji bo'lsa bir kechaga sovutgichga qo'yiladi.
Qadam 7

Krem

Xona haroratidagi sariyog' 2-3 daqiqa davomida ko'pirtiriladi. So'ng shakar upasi solinadi.
Yorqin rangga kirguncha yaxshilab ko'pirtiriladi.
Qadam 8

Ko'pirtirishda davom etib, ustidan tvorogli pishloq hamda vanil ekstrakti solinadi.
Krem bir xil silliq holatga keltiriladi.
So'ng sovutgichga yarim soatga qo'yiladi.
Qadam 9

Shokoladli archalar

Patnisga yog'langan qog'oz to'shaladi.
Nonli tayoqchalar terib chiqiladi.
Qadam 10

Shokolad suv bug'ida yoki mikroto'lqinli pechda 15 soniyada eritiladi.
Qadam 11

Eritilgan shokolad salafan paketga solinadi va uchi kesilib, nonli tayoqchalar ustan archalar yasaladi.
Xohishga qarab, ustiga har xil pishiriq bezaklari sepish mumkin.
So'ng shokoladli archalar xona haroratida sovutiladi va kamida 2 soatga sovutgichga olib qo'yiladi.
Qadam 12

Tortni yig'ish

Xamirning avval birinchi qavatiga, so'ng esa ikkinchi qavatiga krem surtilib chiqiladi.
Qadam 13

Qolgan krem tortning ustiga va yonlariga teng taqsimda surtib chiqiladi. Pichoq yoki maxsus belcha yordamida tort usti tekislaniladi.
Tayyor tort shokoladli archalar bilan bezatiladi.
Ushbu "Zanjabilli tort" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 19 marta | Joyladi: admin

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 3
Mehmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar