prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Bedarak yo‘qolgan farg‘onalik kirakash 14 marta pichoqlangan holda chakalakzordan topildi


Joylandi: 09.01.2020, 23:24
Farg‘onalik 57 yoshli erkak 14 joyidan pichoq urilgan holatda Ohangaron tumanidan oqib o‘tuvchi Angren daryosi qirg‘og‘idagi chakalazordan topildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ma’lum bo‘lishicha, 6-yanvar kuni Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumanida yashovchi ayol D.B. Ohangaron tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib, 1962-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i Komoljon Yuldashev 2020-yil 5-yanvar kuni soat 15:00 larda ishonchnoma asosida boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashinada Qo‘qon—Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab kira qilish maqsadida uyidan chiqib ketgani, so‘ng qaytib kelmaganini aytib, uni topishda yordam so‘ragan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, bedarak yo‘qolgan Komoljon Yuldashev shu kuni soat 23:00 larda Toshkent shahar, Bektemir tumanida joylashgan “Vodiy” avtobekatidan Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumaniga ketish uchun o‘zining boshqaruvidagi avtomashinada yo‘lga chiqib, shu kuni soat 23:52 da qizi U.P. bilan uyali telefoni orqali gaplashganida, Ohangarondan Beshariq tumaniga yo‘lovchi olib qaytayotganligini ma’lum qilganligi, shundan keyin uning telefoni o‘chirilib, uyiga yetib bormaganligi aniqlangan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 7-yanvar kuni soat 18:00 larda bedarak yo‘qolgan Komoljon Yuldashevning boshqaruvidagi Cobalt avtomashinasi Ohangaron shahar, “Yangiobod” mahallasi, Alpomish ko‘chasidagi fuqaro J.Sh.ga tegishli 11-uyning oldidagi ko‘chada turganligi aniqlangan.

Hodisa joyi va avtomashina ko‘zdan kechirilib, avtomashina saloni va yukxonasidan qonga o‘xshash qizg‘ish dog‘lardan namunalar va o‘rindiq jildlari ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Holat yuzasidan 7-yanvar kuni Ohangaron shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “i” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida, Komoljon Yuldashevning murdasi kecha, 8-yanvar kuni uning avtomashinasi topilgan joyidan 18 kilometr uzoqlikda, Ohangaron tumani, Telov mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Angren daryosi ustidan o‘tuvchi Nurobod—Telov avtomobil yo‘lidagi ko‘prikdan o‘ng tomonga, daryo o‘zani chap tomoni bo‘ylab 1,2 kilometr ichkarida, chakalakzorlar orasida yalang‘och holatda badanining oldi tarafida 7 marotaba, orqa tomonida 7 marotaba o‘tkir tig‘li jism bilan yetkazilgan tan jarohatlari bilan topilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, Komoljon Yuldashevning o‘limi qo‘shma jarohat: bosh miya yopiq jarohati, ko‘krak old-orqa va yonbosh, qorin sohalarida ko‘plab sanchilib kesilgan jarohatlari oqibatida kelib chiqqan tashqi va ichki qon ketishi natijasida yuzaga kelganligi ko‘rsatilgan.

Hozirda jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.
Ushbu "Bedarak yo‘qolgan farg‘onalik kirakash 14 marta pichoqlangan holda chakalakzordan topildi" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 19 marta | Joyladi: admin | Manba: http://Daryo.uz

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 33
Mehmonlar: 32
Foydalanuvchilar: 1
bochkareve
Umumiy ma'lumotlar