prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Iqlim o‘zgarishlari bizni tentak qiladi. Behazil


Joylandi: 09.01.2020, 23:29
Iqlim o‘zgarishlari ortidan insoniyat to‘qnash keladigan muammolar haqida ko‘pchilik OAV orqali xabar topgan: issiqxona effekti, dunyo okeani sathining ko‘tarilishi, cho‘llanish, o‘rmon yong‘inlari, qurg‘oqchilik va hokazo. Xullas, vaziyat murakkab va bu aytilganlardan hech birida yaxshilik alomati ko‘rinmayapti. Atmosferaga CO2 gazlarining tinimsiz va katta miqdorlarda tashlanishi oqibatida sayyoramiz global miqyosda isib borayotgani endilikda inkor qilib bo‘lmas haqiqatga aylandi. Biroq CO2 gazlari miqdori ortishi natijasidan yuqorida aytilgan vahimali gaplar – toshqinlar, yong‘inlar va hokazolardan ham ayanchliroq boshqa bir holat kelib chiqishi mumkin ekan.

Foto: Google Photos

Pensilvaniya universiteti va Kolorado Jamoatchilik sog‘lig‘ini saqlash oliy maktabi olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, shundoq ham tabiat injiqliklari bilan bog‘liq muammolar girdobida qolayotgan odamzot qarshisida global iqlim isishining yanada ayanchli ta’siri paydo bo‘ladi. Ya’ni CO2 gazlari miqdorining ortishi bilan, odamlar o‘zi ham aqlan zaiflashib, tentaklashib boradi. Va bu hazil emas, balki tag zamirida achchiq haqiqat bo‘lgan ilmiy xulosadir. Bu yaxshilikka olib kelmasligini ham hammamiz yaxshi bilamiz.

Atmosferada CO2 gazi miqdori ortishidan kishining fikrlash va mantiq yuritish qobiliyati susayishi, diqqatni jamlay olmaslik va bilimlarni o‘zlashtira olmaslik singari nojo‘ya ta’sirlar kelib chiqishi haqidagi ilmiy maqola Amerika Geofizika Ittifoqining yil yakunlariga bag‘ishlangan majlisida ma’ruza tarzida o’qib eshittirilgan va EarthArXiv serveriga joylangan.

Unda qayd etilishicha, CO2 miqdori me’yoridan ortiqcha bo‘lgan havodan nafas olish orqali kishining koginitiv imkoniyatlari qay darajada o‘zgarishi tekshirilgan. Buning uchun ular talabalarga havodagi CO2 miqdori turlicha bo‘lgan muhitlarda o‘tirib dars qilish va umuman biror bilimni o‘zlashtirishga urinib ko‘rishni taklif qilgan. Xulosalar vahima qilgulik: talabalarga hozirgi atmosferaga tashlanayotgan CO2 miqdori bilan to‘yingan havodan nafas olib o‘qishda davom etsa, kompyuter modellashtirishi yordamida olingan tahlilga ko‘ra, 2100-yilga borib odamlarning aqliy salohiyati hozirgidan taxminan 25 foizga pasayib ketishi mumkin. CO2 miqdori hozirgi tashlanayotgandan ham ko‘proq bo‘lgan, ya’ni havosi hoziroq CO2 bilan zaharlangan xonada ish bajargan talabalarning aqliy qobiliyati esa 50 foizgacha pasaygani qayd qilingan.

Shu tariqa, olimlar global iqlim isishiga nisbatan jiddiyroq yondoshilmas va atmosferaga tashlanayotgan CO2 miqdori kamaytirilmas ekan, asr so‘ngiga borib odamlar bosh miyaning, fikrni jamlash, mulohaza yuritish, bilim egallash, begona joyda orientir ola bilish va hatto nutq singari oliy funksiyalaridan samarali foydalanishga qodir bo‘la olmay qoladi deb qo‘rqitishmoqda. Qisqa qilib aytganda, CO2 ning me’yoridan oshiq miqdori odamzotni tentakroq qiladi. Va bu hazil emas...

Muzaffar Qosimov
Ushbu "Iqlim o‘zgarishlari bizni tentak qiladi. Behazil" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 11 marta | Joyladi: admin | Manba: http://Daryo.uz

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 25
Mehmonlar: 21
Foydalanuvchilar: 4
biblovigor, leonkovigor, borzeeviva, bochkareve
Umumiy ma'lumotlar