prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Iroqdagi AQSh foydalanadigan harbiy bazaga raketalar uchirildi

Joylandi: 15.01.2020, 10:09
Bag‘dod shimolidagi AQSh harbiy xizmatchilari joylashgan Et-Taji harbiy bazasi raketalar hujumiga uchradi. Bu haqda Reuters harbiylarning rasmiy bayonotiga tayanib xabar berdi.

Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q. “Al-Xadat” telekanalining ma’lum qilishicha, harbiy bazaga qarata zalp o‘t ochuvchi tizimdan jami beshta raketa uchirilgan.

Mazkur holat bo‘yicha javobgarlikni hozircha hech kim bo‘yniga olgani yo‘q. Iroqdagi harbiy obyektga uyushtirilgan hujum so‘nggi ikki kun ichidagi ikkinchi hujum hisoblanadi — 12-yanvar kuni Balad bazasi o‘qqa tutilishi oqibatida to‘rt nafar iroqlik harbiy jarohat olgandi.

Eslatib o‘tamiz, 3-yanvar kuni AQSh Bag‘dod aeroporti yaqiniga bergan aviazarba oqibatida Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi generali Qosim Sulaymoniy halok bo‘lgan. Iroq hukumati hujum haqida oldindan ogohlantirilganini ma’lum qilgan. Voqeadan keyin Iroq parlamenti mamlakat hududidan xorijlik harbiylarni chiqarib yuborishga ovoz berdi. Keyinchalik Pentagon AQShning Iroq hududidan harbiylarni olib chiqib ketish niyati yo‘qligini bildirgan. AQSh mudofaa vaziri Mark Esper Iroq harbiylarni mamlakatdan chiqarish bo‘yicha rasmiy shaklda yozma murojaat kelib tushmaganini ta’kidlagan.

Yanvar oyining boshida Iroq hukumati mamlakatdagi barcha xorij qo‘shinlarini chiqarib yuborishi haqida ma’lum qilgandi. 6-yanvardan boshlab ularga Bag‘dod bilan kelishmasdan turib, harakatlanish taqiqlangan.
Ushbu "Iroqdagi AQSh foydalanadigan harbiy bazaga raketalar uchirildi" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 40 marta | Joyladi: admin | Manba: http://Daryo.uz

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 6
Mehmonlar: 6
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar