prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

O‘zbekistonda dam olish kunlari qor-yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda


Joylandi: 11.01.2020, 00:15
Bugun O‘zbekiston hududida ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”. Havo harorati 5—10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Ertaga, 11-yanvarda ham respublika hududining katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kechga borib yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Harorat shundayligicha saqlanib turadi. Kechasi 0—5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.

Yakshanba kuni havo oqimlarining almashadi: quruq havo oqimi o‘rnini Kaspiy dengizi hududidan kiradigan nam va sovuq havo oqimi egallaydi. U butun respublika hududiga ta’sir ko‘rsatadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin, faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi va kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.
Ushbu "O‘zbekistonda dam olish kunlari qor-yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 30 marta | Joyladi: admin | Manba: http://Daryo.uz

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 39
Mehmonlar: 39
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar