prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Odnoklassniki foydalanuvchilari o‘z sahifalari statistikasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar


Joylandi: 09.11.2019, 17:53
Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilar uchun profillar statistikasini ochdi. Endi ular qanday kontent do‘stlarida eng ko‘p qiziqish uyg‘otganini bila oladilar. Yangi instrument yordamida shaxsiy profillarga ham oldinroq statistikadan foydalana boshlagan yulduzlarning guruhlari va verifikatsiyalangan sahifalariga berilgan analitikaning imkoniyatlari taqdim etiladi.

Statistika foydalanuvchilarning profillarida kuzatib borish imkonini beradigan ko‘rsatkichlar o‘rtasida – qamrab olish, ya'ni postni ko‘rgan odamlar soni, do‘stlar geografiyasi, ularning harakatlari (ko‘rishlar, klasslar, sharhlar, repostlar, sahifaga o‘tishlar) kabilar bor. Statistika ma'lumotlari yordamida shuningdek qanday kontent yozuvlar, foto va videolar orasidan eng ko‘p ko‘rishlarni to‘plaganligini ko‘rish mumkin.

Foydalanuvchilarning profillaridagi statistika shu jumladan o‘z biznesini OK sahifasi yordamida olg‘a siljitish bilan shug‘ullanadigan odamlar uchun ham foydali bo‘ladi. Uning yordamida foydalanuvchilar qanday munosabat bildirayotganlarini tushunish va yanada ko‘proq auditoriyaga yoqadigan va yangi mijozlarni jalb qiladigan postlarni qilish mumkin. Bundan tashqari, noyob kontentlarni yaratuvchi endigina ish boshlagan mualliflar va foydalanuvchilar statistikaga qarab ularning o‘quvchilari uchun nima qiziqarli ekanligini tushunib olishlari mumkin.

Statistika ma'lumotlari “Sozlash” bo‘limidagi instrument faollashtirilgandan so‘ng to‘plana boshlanadi. Statistikadan do‘stlari 100 kishidan ko‘p bo‘lgan foydalanuvchilar foydalana oladilar. Barcha platformalar: OK veb-interfeysi, ijtimoiy tarmoqning mobil versiyasi va iOS va Android uchun ilovalardagi ma'lumotlardan foydalanish mumkin.

Odnoklassniki shaxsiy profillarni yuritish uchun instrumentlarni faol rivojlantiradi. Oldinroq OK da mashhur artistlar, jamoat arboblari va blogerlarning sahifalarini yuritish tizimi, shuningdek ko‘k belgi bilan belgilangan guruhlar va verifikatsiyalangan foydalanuvchilar uchun statistika ishga tushgan edi. Ijtimoiy tarmoq, shuningdek, reklama kabinetini ishga tushirdi, u kontent mualliflariga va barcha foydalanuvchilarga ijtimoiy tarmoqlarda o‘z auditoriyasini topish imkonini beradi.
Ushbu "Odnoklassniki foydalanuvchilari o‘z sahifalari statistikasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 141 marta | Joyladi: Yoqubov_Shaxzod | Manba: http://Kun.Uz

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 7
Mehmonlar: 7
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar