prev next
Reklama
Sayt ma'muriyati
Saytga she'rlar, mp3lar, kliplar va ilovalar joylashtirish uchun:
(+99897) 569-69-69


Sayt dizayneri:
Yoqubov Shaxzod
Tel: + 99 894 588-56-56

Xitoydan olib kelinayotgan o‘zbekistonliklar 2 hafta davomida karantinda saqlanadi


Joylandi: 04.02.2020, 22:47
O‘zbekiston hukumati 4-5 fevral kunlari Xitoy va Uxandan olib kelinayotgan fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tayyorlangan maxsus tibbiyot muassasalarida ikki hafta davomida karantin holatida saqlaydi. Xitoyda qolish istagida bo‘lganlarga zarur antiseptik va dezinfeksiya vositalari yetkazib beriladi.

29 yanvar kuni prezident topshirig‘i bilan tuzilgan komissiya tomonidan mamlakatga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. O‘zbekistondan Xitoyga va Xitoydan O‘zbekistonga aviaparvozlar vaqtinchalik to‘xtatildi. Chegara o‘tkazish punktlarida xorijdan kirib kelayotgan fuqarolarning salomatligini tekshirish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Tibbiyot muassasalarida ushbu epidemiyani barvaqt aniqlash hamda uning tarqalishini oldini olish borasida zarur choralar ko‘rilmoqda.

«Yangi O‘zbekiston» nashrida koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining majlisi to‘g‘risida axborot berildi.

«Maxsus komissiyaning joriy yil 3 fevral kuni o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishida kelgusidagi dolzarb vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

O‘zbekiston fuqarolarini Uxan shahri va Xitoyning boshqa hududlaridan olib kelish uchun charter reyslar tashkil etilgan. Ushbu charter reyslarning dastlabkisi 4-5 fevral kunlari amalga oshiriladi.

Mazkur samolyotlarda O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi buyurtmasiga asosan mamlakatda qolib, faoliyatini davom ettirish istagini bildirgan hamyurtlarimizga zarur antiseptik va dezinfeksiya vositalari yetkaziladi hamda bepul beriladi.

Xitoydan vatandoshlarni olib kelish jarayonida barcha sanitariya-epidemiologiya talablariga qatiy rioya qilinadi, yo‘lovchilarning har biri shifokorlar nazorati ostida bo‘ladi.

Koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, qulay sanitariya-epidemiologik holatni ta'minlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida Xitoydan olib kelinadigan vatandoshlarimiz Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tayyorlangan maxsus tibbiyot muassasasiga joylashtiriladi.

Mazkur muassasalar to‘liq karantin talablari asosida jihozlangan. Xususan, koronavirus diagnostikasi vositalarining zarur zaxiralari yaratilgan, kerakli dori hamda dezinfeksiya vositalari, uskunalar, sarflash materiallari, shuningdek, shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlangan. Sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan Uxan shahri va Xitoyning boshqa hududlaridan olib kelingan fuqarolar alohida nazorat ostida bo‘lib, muntazam tibbiy tekshiruvlardan o‘tkaziladi.

Shuningdek, mazkur tibbiyot muassasalarida barcha kerakli maishiy vositalar va zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanadi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga asosan, koronavirus inkubatsiyasi davrini hisobga olgan holda, Uxan shahri va Xitoyning boshqa hududlaridan olib kelinadigan o‘zbekistonliklar ikki hafta davomida karantin ostida saqlanadi. Ushbu vaqt davomida ularning oila-a'zolari bilan uchrashishi taqiqlanadi. Yaqinlari bilan faqat maxsus telefon aloqasi orqali muloqot qilishi mumkin bo‘ladi.

Komissiya yig‘ilishida tegishli vazirlik va idoralarga ushbu vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan topshiriqlar berildi. Komissiya vakolatiga doir boshqa masalalar ham atroflicha ko‘rib chiqildi», deyiladi ma'lumotda.

Ma'lum qilinishicha, Xitoydan evakuatsiya qilingan fuqarolar samolyot bortidan tushishlari bilanoq dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi va bevosita transportlarga joylashtirilib, maxsus tayyorlangan tibbiy muassasalarga olib boriladi.
Ushbu "Xitoydan olib kelinayotgan o‘zbekistonliklar 2 hafta davomida karantinda saqlanadi" sizga yoqdimi ?
Unda klass bosing

Do'stlaringizga ham yuboring

O'qildi: 149 marta | Joyladi: admin | Manba: http://Kun.uz

Izoh qoldirish

Reklama
Mini profil
Логин:
Пароль:
Mini chat
Statistika
Barcha saytdagilar: 6
Mehmonlar: 6
Foydalanuvchilar: 0

Umumiy ma'lumotlar